Ilkingda erur bugun, biroq indin yo‘q, Indin g‘amini chekingda hech mazmun yo‘q, O‘tkazki bu damni xush diling to xun yo‘q, Kim mangu yashar? Jahonda bir ustun yo‘q… Boq, tong yelidan gul etagi chok bo‘ladi, Bulbul yetishib g‘unchaga quvnoq bo‘ladi. Gul…
Dunyoga ishonma, muttahamdir puxta, Davron oqizar yoshingni laxta-laxta. Og‘zishta magar solsa zamona halvo, Yutma sira ham — unga zahar omuxta. Keksa, yosh – hayotga har kimki yetar – Hammasi izma-iz birma-bir o‘tar. Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy, Keldilar, ketamiz,…
Avlodi bashar bo‘yla jigarpora emish, Shodlik bila g‘am ko‘yida ovora emish. Sen charxga umid boylama, ul charxi falak Sendan-da g‘arib ermishu bechora emish. Olam ishiniki men chunon ko‘rgayman, Olamni o‘shanda roygon ko‘rgaymen. Subhonolloh, har neki ko‘rsam unda Chun manglayi sho‘rligim…
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin, Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin, Oxir bu boylikdan olar hissang, bil: O‘n gaz kafan bilan ikki gaz zamin. Menman o‘sha osiy — rizoying qani? Ko‘nglim uyi zulmat — ziyoying qani? Jannatni berar…
Afsus, umr behuda bo‘lmishdir barbod, Bo‘lmadim haromdan bir nafas ozod, Buyurganin qilmay yuzim qarodir. Amringdan tashqari ishlaringdan dod! Sen-mendan oldin ham tun-kun bor edi, Aylanga falak ham butun bor edi. Tuproqqa avaylab qadamingni qo‘y, Bu tuproq qora ko‘z bir nigor…