Tong chog‘ida ul gulki, kulib to‘kiladi,
Yel birla hikoyatni qilib to‘kiladi.
O‘n kun ichida gul nish urar, g‘uncha tugar
Ham ochilar ul, hidga to‘lib to‘kiladi.
Ol ko‘za, piyola-yu, quloq ber bu so‘za:
Joy tanla ariq bo‘yi-yu ham qo‘klik uza,
Oy yuzli, alif qaddi malaklarni falak
Yuz marta piyola qildi, yuz marta ko‘za.
Indinning jilovi ermas ilkingda seni,
Sig‘mas qarichishta dunyoning bo‘yu eni,
Oydinda simir mayni, ey oy, to bu hilol
Topmay sira porlar necha sen birla meni..