Avji saratonda hansirab, yonib,
Qovrilib olovli yo’llar taftida,
Muzdayin buloqdan suv ichgan qonib,
Hordiq olganmisan chinor tagida?
Ruhingni safoyu taningda mador,
Umidbahsh ko’shiqlar kuylaganmisan?
O’sha payt, o’sha on hech qursa bir bor
Chinorni kim ekkan o’ylaganmisan?
Ro’baro’ kelding sen toshqin daryoga,
Qolding sohil uzra chorasiz, giryon,
Lekin yuliqqanday ajib ro’yoga,
Qarshingda bir ko’prik bo’ldi namoyon.
Bamisli uzala tushgan xor vujud,
Ko’targay u turfa insonlar korin.
O’tding sen daryodan salomat va but,
Lekin o’yladingmi ko’proq me’morin?
O’rmonlar bag’rida sayr etgan sayyoh,
Changalzor qo’ynida sargardon ovchi,
Mo’jaz boshpanani ko’rdingmi nogoh,
Uni qoldirmishdir qay bir yoТlovchi.
Qoldirmish u senga qaro kun uchun,
Bir chimdim tuz bilan juft chaqmoq tosh.
O’ylab ko’rganmisan, bu himmat nechun,
O’ylab ko’rganmisan, kimdir u g’amdosh?
Ha, inson umrining kechmishi ajab,
Goh, to’ng’ar, goho u yashnar qulf urib Е
O, balki qaysi bir fidoyi sabab,
Yuribsan sen hayot nash’asin surib.
Ayt, axir o’zing ham to borsan sobit,
Kimsaha nasiba uzatganmisan?
Ko’changdan lapanglab oТtganda tobut,
Sen uni to’rt qadam kuzatganmisan?
Chorasiz bir inson uchragan damda,
Unsiz so’rog’iga qildingmi javob?
Ayt-chi, bilarmisan, yorug’ olamda
Bularning barchasi atalgay savob.
Yo’q, yo’q, o’zga erur bid’at va karam,
Himmatu saxovat tiriklarga xos.
Bobolar beta’ma qurgan dunyo ham
Asli savob uchun qolgan bir meros
Kimdir tuzar uni, kimdir buzadi,
KImdir borini ham qiladi barbod.
Kimdir ta’ma bilan dunyo kezadi,
Kimdir o’ksuk dilni etadi obod.
Savob deb ungraydi dunyomiz behold,
Zordir u najotbaxsh hislar sehriga.
Janglarda toliqqan majruh zot misol,
Suyanib yashar u inson mehriga.
To hayot ekanmiz savobga zormiz,
Yilt etgan shu’ladan dillar fayziyob.
Goh ga’mgin, goh esa umidga yormiz,
YoТqolmasa deymiz dunyoda savob.
Axir uning bilan gullagay ochun,
Axir uning bilan umrlar shoyon.
Faqat savob borki, ajahon bus butun,
Faqat savob borki, azizdir Inson!