Yoshdir-qaridir, jahonga yuz tutgaylar, Bu nuktani to ko‘ngilga jo etgaylar. Hech kimsaga qolmagay abad mulki jahon, Keldik, ketamiz, boz kelib-ketgaylar… Evohki, yoshlik edi — nomam, to‘ldi, Qish keldiyu ul toza bahorim so‘ldi. Ul murg‘i tarab erdi ajab, ismi shabob, Bilmam,…
O‘lik-tirik ishin tuzatkuvchisen, Tarqoq koinotni kuzatkuvchisen, Yomon bo‘lsam hamki, sening bandangman, Men nima ham qilay? Yaratguvchi – Sen!
Umrim qiymoqdadir, dardim be iloj, Rohat qisqa, zahmat topmoqda rivoj. Xudoga ming bora shukrki, balo Va kulfatga meni etmadi muhtoj. O‘zgartirib bo‘lmas ne bitmish qalam, Faqat dil xun bo‘lur tortaversang g‘am, Butun umr jigar qonin yutsang ham, Umring uzaytirib bo‘lmas…
Umr daftaridan qaysi kuni ochdim-u fol, Kuygan dilini etdi bayon sohibi hol: Baxtli kishi ulkim, tuni yildek cho‘zilib, Qo‘ynida suyuk yori to‘lishsa chu* hilol. Tokaygacha umring o‘tadi o‘zni deya, Yo tashvishini borligu yo‘qlikni yeya. Ich bodani, qasdida yurar bo‘lsa ajal,…
Umar Xayyom (1048—1131) Ulug‘ faylasuf, shoir, munajjim, matematik va tabib bo‘lgan G‘iyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy Eronning Nishopur shahrida tug‘ilgan. Aniq fanlar sohasida o‘z davrining yagonasi bo‘lgan olim tomonidan tuzilgan taqvim, manbalarning yakdillik bilan guvohlik berishicha, amaldagi Grigorian…
Tong chog‘ida ul gulki, kulib to‘kiladi, Yel birla hikoyatni qilib to‘kiladi. O‘n kun ichida gul nish urar, g‘uncha tugar Ham ochilar ul, hidga to‘lib to‘kiladi. Ol ko‘za, piyola-yu, quloq ber bu so‘za: Joy tanla ariq bo‘yi-yu ham qo‘klik uza, Oy…
To bor ekan imkoning qo‘lingda zinhor, Yod ayla azizlar xotirini, dildor. Husn davlati hech kimga vafo qilgan emas, Zor yig‘latib bir kun seni ham ketmog‘i bor… Shodlik tilama, umring davom etmas uzoq, Jamshid ila Kayqubod xoki bu tuproq. Ahvoliga bu…
Misoli bir oltin ko‘za bu dunyo Suvi goho shirin, achchiqdir goho, Shuncha umrim bor deb kerilma aslo. Egarloqdir ajal oti doimo. Kelolmagach qaytib ushbu olamga, Qo‘rqamen, yetmasmiz yoru hamdamga. Bu damni g‘animat hisob etaylik, Balki yetolmasmiz hatto shu damga. Jonimiz…
Mendan chu ajal bila o‘lim vahmi yiroq, Qismatki tiriklikni beribdi bundoq. Jonimni omonatga olibmen, uni ham, Qaytib beradirmen, muddati yetgan chog‘… Bu ko‘hna rabotki, anga olam nomdir, Tin olguvchi ko‘ksida sabohdir, shomdir. Bir bazmdir ul, ko‘rgani yuz Jamshiddir, Bir qabrdir…
Ko‘ngling tilagan yor ila bo‘l bir umr! Ishq shavqi, hayot zavqiga to‘l bir umr! Yo‘qlik sari ketmoq emish oxir qismat, Bilmas bu abad uyquni go‘l bir umr… Yosh to‘kdi kelib o‘g uzra yig‘loqi bulut, Shod etgali dilni qirmizi bodani tut….